O'zbekiston aholisi 31,5 milliondan oshdi

Admin

2016-03-23

139

2016 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston doimiy aholisining soni 31 million 576,4 ming kishini tashkil qildi. Ushbu ma'lumot Davlat statistika qo'mitasi tomonidan e'lon qilindi. O'tgan yil davomida mazkur ko'rsatkich 553,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko'paydi.

Shahar joylari aholisi yil boshida 15,964 millionga yetgan bo'lsa (aholi umumiy sonining 50,6 foizi) qishloq joylarida Emdash; 15,612 millionni tashkil etdi (49,4 foiz).

Tug'ililishlar soni o'tgan yilda 735,8 mingni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (718,0 ming kishi) nisbatan 17,8 mingga ko'paydi. Tug'ilish ko#ffitsienti mos ravishda 23,5 promilleni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega ko'paydi.

2015 yilda vafot etganlar soni 152,9 ming nafarni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (149,8 ming kishi) nisbatan 3,1 ming nafarga ko'paydi. Mos ravishda o'lim ko#ffitsienti 4,9 promilleni tashkil qildi (2014 yilda Emdash; 4,9 promille).

O'lganlar umumiy sonidan 58,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi Emdash; o'sma kasalliklaridan, 5,9 foizi Emdash; ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 5,4 foizi Emdash; nafas olish organlari kasalliklaridan, 6,6 foizi Emdash; baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

2015 yilda bir yoshga to'lmagan 8,3 mingta bolalar o'limi kuzatildi. Bolalar o'limi ko#ffitsienti 11,4 promilleni tashkil qildi (2014 yilning yanvar-dekabrida-10,8 promille).

Bir yoshgacha olamdan o'tgan bolalarning umumiy sonidan 59,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,2 foizi Emdash; nafas olish organlari kasalliklaridan, 9,1 foizi Emdash; tug'ma anomaliyalardan va 3,4 foizi infektsiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

2015 yilning yanvar-dekabrida FHDYo organlarida 287,6 mingta nikoh va 29,6 mingta ajralishlar ro'yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 9,2 ta nikoh (2014 yilda Emdash; 9,6 ta) va 0,9ta ajralishlar (2014 yilda Emdash; 0,9 ta) to'g'ri keladi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2015 yilda respublika bo'yicha ko'chib kelganlar soni 139,6 ming kishini, shu davr mobaynida ko'chib ketganlar soni esa 168,6 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig'i minus 29,0 ming kishiga (2014 yilda Emdash; minus 38,5 ming kishi) teng bo'ldi.

Bishqa yangiliklar

Maftunkor yurtning betakror bayrami

Admin

2016-03-21

199

Hamma joyda Navro'z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Joylarda o'tkazilayotgan bayram sayillari ishtirokchilarining tilida, dilida shukronalik. Istiqlolimiz, tinch va osoyishta hayotimiz qadri haqida to'lqinlanib so'zlaydi ular. Yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar ham bu jarayonlarga guvoh bo'lmoqda. Ulardan ayrimlarining taassurotlari bilan qiziqdik.

Batafsil...

Ko`p o`qilganlar

So`ngi yangiliklar