O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Belgiyada

Admin

2016-03-05

236

Ma'lumki, 2015 yil 11 oktyabrda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasiga assotsiatsiyalashgan a'zo sifatida qabul qilingan edi.

Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi bilan o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tashkilot faoliyati bilan yanada chuqurroq tanishish maqsadida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasi Bryussel shahriga (Belgiya Qirolligi) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi vakillari hamda ekspertlari bilan qator uchrashuvlar o'tkazib, ularni O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan xodimlar manfaatlari yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar bilan batafsil tanishtirish, o'zaro manfaatli hamkorlik asosida kelgusidagi vazifalarni muhokama etishni rejalashtirgan.

Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi 162 ta davlatdagi 176 mln. nafardan ortiq kasaba uyushmalari a'zolariga ega bo'lgan 328 ta milliy kasaba uyushmalari markazlarini birlashtiradi, deb xabar beradi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati.

Bishqa yangiliklar

Saytimizda O'qituvchilar tizimi ishga tushdi

Admin

2016-03-01

170

Endi o'qituvchilar ro'yxati va ular anketalarini to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali ko'rishingiz mumkin.

Batafsil...

Ko`p o`qilganlar

So`ngi yangiliklar