Maftunkor yurtning betakror bayrami

Admin

2016-03-21

199

– O'zbekiston va uning qadimiy shaharlari haqida ko'p eshitganman, o'qiganman. Jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk allomalar yurtini ko'rishni orzu qilardim. Qarangki, Navro'z arafasida niyatimga yetdim. Bu bayram haqida muayyan tasavvurga ega bo'lsam-da, bevosita ishtirok etib hayratim yanada ortdi.

Navro'z milliy qadriyatlar bayrami ekan. Bunga Buxoro shahrida yoshlar ishtirokida o'tkazilgan festivalda guvoh bo'ldim. Milliy xalq o'yinlari, Navro'z tarannum etilgan yalla-yu raqslar, sumalak tayyorlayotganlar yonidan o'tar ekanman, dimog'imga allaqanday ajib hid urildi. To'xtab qoldim. Nega, iymanib turibsiz, tatib ko'ring, deyishdi. Bunaqa totni hech qachon, hech qaerda uchratmaganman. O'tmishi buyuk, kelajagi porloq xalqning mana shunday bayramlari bo'ladi. Bayramingiz muborak bo'lsin!

Kristian Kayzar (Germaniya):

– Oliy o'quv yurti o'qituvchisiman. Buxoroga bir guruh talaba-yoshlar bilan keldim. Shahar, uning tarixiy obidalari bizda katta taassurot qoldirdi. Har bir obida o'zbek xalqining o'zidek betakror. Ko'chalar obod, odamlar xushmuomala.

Qadimiy Ark qal'asi yonida o'tayotgan Navro'z sayli ustidan chiqib qoldik. Hammasi sehrli, go'yo ertaklar olamiga tushib qolgandek bo'lasan kishi. Biz ham yoshlar davrasida raqsga tushib ketganimizni bilmay qoldik.

Mariko Otsuka (Yaponiya):

– Men ikki yildan buyon O'zbekiston Endash; Yaponiya markazining Buxoro bo'limida JICA (Yaponiya xalqarohamkorlik tashkiloti) da ko'ngilli sifatida ishlayman. O'zbek tilini muloqot qiladigan darajada o'rgandim.

O'zbekiston Endash; maftunkor yurt, Navro'z Endash; betakror bayram. Buxoro shahri kun sayin chiroy ochib bormoqda. Bu Navro'z arafasida yanada yaqqol seziladi. Sizlarda har kuning Navro'z bo'lsin, degan ibora bor ekan. Buning zamirida katta hikmat mujassam. O'z tarixi, madaniyati va urf-odatlarini ulug'lagan xalqning ertasi yanada nurafshon bo'ladi.

 

Test

Bishqa yangiliklar

Ko`p o`qilganlar

So`ngi yangiliklar